NOVOL ASIA ISO standartlari bo‘yicha muvaffaqiyatli sertifikatsiyadan o‘tdi.
NOVOL ASIA kompaniyalari ISO standartlari bo‘yicha muvaffaqiyatli sertifikatsiyadan o‘tganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Bu sifat menejmenti sohasidagi muhim yutuq hisoblanadi.
ISO standartlari bo‘yicha sertifikatsiya nima?
ISO (International Organization for Standardization) — mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, jarayonlarning samaradorligini kuchaytirish, xavfsizlikni ta’minlash hamda mijozlar qoniqishini oshirishga qaratilgan xalqaro tashkilot. ISO standartlari bo‘yicha sertifikatsiya kompaniyaning o‘z sohasida eng yaxshi xalqaro amaliyotlarga rioya qilishini tasdiqlaydi.
NOVOL ASIA uchun ISO sertifikatini olish quyidagilarni anglatadi:
- Yuqori sifat darajasi.Biz mahsulot va xizmatlarimizning benuqson sifatini ta’minlashga intilamiz, va bu sertifikat bunga dalildir.
- Ichki jarayonlarning yaxshilanishi.Sertifikatsiya barcha biznes jarayonlarini optimallashtirishga va ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
- Mijozlar ishonchini mustahkamlash. Sifatning xalqaro miqyosda tan olinishi mijozlarimiz va hamkorlarimiz ishonchini oshiradi.
- - Raqobat ustunligi. ISO sertifikati sohadagi yetakchiligimizni ta’kidlab, bozorga pozitsiyamizni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mijozlarimiz uchun bu qanday imkoniyatlar yaratadi?
Ushbu yutuq NOVOL ASIA bilan hamkorlik qilish uchun yana ko‘plab imkoniyatlarni ochib beradi. Biz ishlab chiqarish va mijozlar bilan ishlashning har bir bosqichiga alohida e’tibor qaratishda davom etamiz va eng yuqori xalqaro standartlarga mos kelishni kafolatlaymiz.

ISO standartlari bo‘yicha sertifikatsiya oddiy formallik emas.
Bu sifatni yaxshilash uchun kuchli vosita hisoblanadi. Bu orqali mijozlarimiz mahsulotlarimizning ishonchliligiga, yetkazib berish barqarorligiga va majburiyatlarimizni bajarishimizga ishonch hosil qilishlari mumkin.

Biz o‘z natijalarimizda to‘xtab qolmaymiz.
Sertifikatsiya jarayoni — bu doimiy takomillashtirish yo‘lidagi ilk qadamdir. Biz ichki jarayonlarni yaxshilash, mahsulot sifatini oshirish va o‘z sohamizda yetakchi bo‘lib qolish uchun ishlashda davom etamiz.

Bizga bo‘lgan ishonch va ko‘mak uchun barcha mijozlarimiz va hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Erishilgan natija kompaniyamizga bo‘lgan ishonchingiz va bizning doimiy rivojlanishga bo‘lgan intilishimiz tufayli mumkin bo‘ldi.